Oybek va Nigora - Shirintoyim (Qo’shiq matni, so’zi)


Shirintoyim, tavallud kuning bugun,
Eng sara sovg`a-salomlar sen uchun.
Oyijoning erkasi, adajoning ertasi,
Hayotimiz mazmunisan biz uchun.

Erkatoyim, tavallud kuning bugun,
Sho`x sadolar jaranglaydi sen uchun.
Baxtimiz kelajagi, sog`liging – eng keragi,
Bu qo`shig`imiz hadyadir sen uchun.

Asta-asta qadam tashlagin, jonim bolam,
Kulib yur, kulsang gar yorqinroq, go`zal olam.
Bu oyim, bu adam, deganing tinglaganda
Qanday shukrona aytmagin, ayt Egam?

Shahdam-shahdam qadam tashla, mag`rur o`g`lonim,
Inson bo`l, chinakam mard bo`lgin, pahlavonim.
Oilam qo`rg`oni, yurtimning bek sultoni,
Buyugim bergan baxtim – o`g`lonim.

Shirintoyim, tavallud kuning bugun,
Eng sara sovg`a-salomlar sen uchun.
Oyijoning erkasi, adajoning ertasi,
Hayotimiz mazmunisan biz uchun.

Erkatoyim, tavallud kuning bugun,
Sho`x sadolar jaranglaydi sen uchun.
Baxtimiz kelajagi, sog`liging – eng keragi,
Bu qo`shig`imiz hadyadir sen uchun.

Jonajon, jon bolam, so`zlari mehrigiyo,
Yolg`izim, yagonam, nigohimdagi ziyo.
Taxtli bo`l, baxtli bo`l, omon asrasin Xudo,
Sen bilan munavvar bu dunyo.

Mehribon jon o`g`lim, ko`zlarimning gavhari,
Buvisining, dodasining jajjigina erkasi.
Tug`ilgan kuning bugun, quvonchga to`la bu kun,
Borligimiz, boyligimiz sen uchun.

Shirintoyim, tavallud kuning bugun,
Eng sara sovg`a-salomlar sen uchun.
Oyijoning erkasi, adajoning ertasi,
Hayotimiz mazmunisan biz uchun.

Erkatoyim, tavallud kuning bugun,
Sho`x sadolar jaranglaydi sen uchun.
Baxtimiz kelajagi, sog`liging – eng keragi,
Bu qo`shig`imiz hadyadir sen uchun.

Мы в Telegram
Oybek va Nigora
Слушать mp3 в хорошем качестве: Oybek va Nigora - Shirintoyim (Qo’shiq matni, so’zi)
Скачать mp3: Oybek va Nigora - Shirintoyim (Qo’shiq matni, so’zi)
download: Oybek va Nigora - Shirintoyim (Qo’shiq matni, so’zi)
Oybek va Nigora - Shirintoyim (Qo’shiq matni, so’zi) на зайцев нет
Oybek va Nigora - Shirintoyim (Qo’shiq matni, so’zi) скачать бесплатно mp3
Скачать рингтон для мобильника: Oybek va Nigora - Shirintoyim (Qo’shiq matni, so’zi)
скачать рингтон: Oybek va Nigora - Shirintoyim (Qo’shiq matni, so’zi)
Обсудить в чате: Oybek va Nigora - Shirintoyim (Qo’shiq matni, so’zi)
Лучшие рингтоны для мобильника
Oybek va Nigora - Shirintoyim (Qo’shiq matni, so’zi) скачать бесплатно