Mahmud Namozov - Maxfirat (Qo’shiq matni, so’zi)


Na ko`rgilik tushmish mening boshima,
Qon yig`ladim, dunyo cho`mdi yoshima. (x2)
Yor, yuraging Sangijumon toshima,
Nechun yoshim sen qatori bo`lmadi?
Nechun yoshim sen qatori bo`lmadi, ey Maxfirat?

O Maxfirat, jonim Maxfirat,
O Maxfirat, ko`zim Maxfirat. (x2)

Oqtov yoqdan ot dupuri keladi,
Daralari gumburlarga to`ladi, (x2)
Parizod bu sening sovching bo`ladi,
Nechun yoshim sen qatori bo`lmadi?
Nechun yoshim sen qatori bo`lmadi, ey Maxfirat?

Yoshim daryosiga cho`kib boraman,
Dardimni sen emas, toshga yoraman, (x2)
Endi bir vujudmas ming bir poraman,
Nechun yoshim sen qatori bo`lmadi?
Nechun yoshim sen qatori bo`lmadi, ey Maxfirat?

O Maxfirat, jonim Maxfirat,
O Maxfirat, ko`zim Maxfirat. (x2)

Sen ketarsan o`zgalarga yor bo`lib,
Men qolarman bunda zoru-zor bo`lib, (x2)
Bir dunyomas, ikki dunyo tor bo`lib,
Nechun yoshim sen qatori bo`lmadi?
Nechun yoshim sen qatori bo`lmadi, ey Maxfirat?

Ko`nglimday soviydi tunlar tuprog`i,
Ko`ksimga botadi oyning o`rog`i, (x2)
Sochingday qarodir zulmat so`rog`i,
Necha yoshim sen qatori bo`lmadi?
Nechun yoshim sen qatori bo`lmadi, ey Maxfirat?

O Maxfirat, jonim Maxfirat,
O Maxfirat, ko`zim Maxfirat. (x2)

O Maxfirat, jonim Maxfirat,
Maxfirat, Maxfirat, ko`zim Maxfirat.
O Maxfirat, jonim Maxfirat,
O Maxfirat, ko`zim Maxfirat.

Мы в Telegram
Mahmud Namozov
Слушать mp3 в хорошем качестве: Mahmud Namozov - Maxfirat (Qo’shiq matni, so’zi)
Скачать mp3: Mahmud Namozov - Maxfirat (Qo’shiq matni, so’zi)
download: Mahmud Namozov - Maxfirat (Qo’shiq matni, so’zi)
Mahmud Namozov - Maxfirat (Qo’shiq matni, so’zi) на зайцев нет
Mahmud Namozov - Maxfirat (Qo’shiq matni, so’zi) скачать бесплатно mp3
Скачать рингтон для мобильника: Mahmud Namozov - Maxfirat (Qo’shiq matni, so’zi)
скачать рингтон: Mahmud Namozov - Maxfirat (Qo’shiq matni, so’zi)
Обсудить в чате: Mahmud Namozov - Maxfirat (Qo’shiq matni, so’zi)
Лучшие рингтоны для мобильника
Mahmud Namozov - Maxfirat (Qo’shiq matni, so’zi) скачать бесплатно