Nilufar Usmonova - Bahor (Qo’shiq matni, so’zi)


Bahorim, gullagan bog`laring shirin,
Iliq tun, yomg`irli kunlaring shirin.
Anvoyi lolazor, qir-dashting shirin,
Qushlaring sayragan nahoring shirin.

Bahorim, liq to`la anhoring go`zal,
Dillarni yashnatgan iforing go`zal.
Ko`p emas, oz fursat yo`qlashing go`zal,
Ketmagil, men-la qol, kuylaring go`zal.

Kuz kelsa xazonga to`ladi bog`lar,
Bahorda-chi, gulga burkanar tog`lar.
Qishda muzlab qolar sharqiroq soylar,
Bahor-chi, qalblarga sevgini chorlar.

Kuz kelsa xazonga to`ladi bog`lar,
Bahorda-chi, gulga burkanar tog`lar.
Qishda muzlab qolar sharqiroq soylar,
Bahorim qalblarga sevgini chorlar.

Har lahza, har oning, bahorim, shirin,
Mezbonman, bahorim, mehmonsan shirin.
Bizlarni qishlarga ketmading tashlab,
Sog`indik bahorim, sog`inching shirin.

Kuz kelsa xazonga to`ladi bog`lar,
Bahorda-chi, gulga burkanar tog`lar.
Qishda muzlab qolar sharqiroq soylar,
Bahor-chi, qalblarga sevgini chorlar.

Kuz kelsa xazonga to`ladi bog`lar,
Bahorda-chi, gulga burkanar tog`lar.
Qishda muzlab qolar sharqiroq soylar,
Bahorim qalblarga sevgini chorlar.

Мы в Telegram
Nilufar Usmonova
Слушать mp3 в хорошем качестве: Nilufar Usmonova - Bahor (Qo’shiq matni, so’zi)
Скачать mp3: Nilufar Usmonova - Bahor (Qo’shiq matni, so’zi)
download: Nilufar Usmonova - Bahor (Qo’shiq matni, so’zi)
Nilufar Usmonova - Bahor (Qo’shiq matni, so’zi) на зайцев нет
Nilufar Usmonova - Bahor (Qo’shiq matni, so’zi) скачать бесплатно mp3
Скачать рингтон для мобильника: Nilufar Usmonova - Bahor (Qo’shiq matni, so’zi)
скачать рингтон: Nilufar Usmonova - Bahor (Qo’shiq matni, so’zi)
Обсудить в чате: Nilufar Usmonova - Bahor (Qo’shiq matni, so’zi)
Лучшие рингтоны для мобильника
Nilufar Usmonova - Bahor (Qo’shiq matni, so’zi) скачать бесплатно