Nilufar Usmonova - Yonimda (Qo’shiq matni, so’zi)


Dunyoga keltirib olam tanitgan,
Shukur, ota-onam hayot, yonimda.
Yaratgandan so`rganim ko`z qaroqlarim -
Farzandim, dilbandim, borim yonimda.

Do`st-u, dugonalar, birodar, oshna,
Ulfat-u, hattoki dushman yonimda, yonimda.
Sevib, kuyganim-u, meni suyganim,
Xatoyim, yolg`onim, pushmon yonimda.

Yonimda, yonimda, yonimda,
Erkalab, tunlari ko`zimga boqib,
Kunduzlar ovora sarson yonimda.
Yonimda, yonimda,
Lek ne qilay, qayga boshimni uray -
Ruhimda yolg`izlik hamon yonimda?

Armonim orzuyimga tuzoq tashlaydi,
Qalbga gumon solib, yurak g`ashlaydi.
Alamim it kabi dilim tishlaydi,
Sababki - yolg`izlik ruhan yonimda.

Tinchlik bermas azob, ozor yonimda, yonimda,
Aldovga qurilgan bozor yonimda, yonimda.
Yetar bas, dardlarim ko`maman, mozor yonimda,
Umidim bog`i-yu, gulzor yonimda.

Yonimda, yonimda, yonimda,
Erkalab, tunlari ko`zimga boqib,
Kunduzlar ovora sarson yonimda.
Yonimda, yonimda,
Lek ne qilay, qayga boshimni uray -
Ruhimda yolg`izlik hamon yonimda?

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.


Мы в Telegram
Nilufar Usmonova
Слушать mp3 в хорошем качестве: Nilufar Usmonova - Yonimda (Qo’shiq matni, so’zi)
Скачать mp3: Nilufar Usmonova - Yonimda (Qo’shiq matni, so’zi)
download: Nilufar Usmonova - Yonimda (Qo’shiq matni, so’zi)
Nilufar Usmonova - Yonimda (Qo’shiq matni, so’zi) на зайцев нет
Nilufar Usmonova - Yonimda (Qo’shiq matni, so’zi) скачать бесплатно mp3
Скачать рингтон для мобильника: Nilufar Usmonova - Yonimda (Qo’shiq matni, so’zi)
скачать рингтон: Nilufar Usmonova - Yonimda (Qo’shiq matni, so’zi)
Обсудить в чате: Nilufar Usmonova - Yonimda (Qo’shiq matni, so’zi)
Лучшие рингтоны для мобильника
Nilufar Usmonova - Yonimda (Qo’shiq matni, so’zi) скачать бесплатно