Ziyoda - Gul edim (Qo’shiq matni, so’zi)


Gul edim...‎
Gul edim, bog`imdan erta uzdilar,
Murg`ak hayotimning qasrin buzdilar.
Orzu-havaslarim dunyocha edi,
Bo`g`zimga nopoklar qo`lin cho`zdilar.
Gul edim, gul edim...‎

Tonglarni shom qilar nafs bandalari,
Elni badnom qilar nafs bandalari.
Ko`z yoshni sharobdek quyib ichmoqqa
Kaftini jam qilar nafs bandalari.
Gul edim, gul edim...‎

Ona, ortimdagi ovoraginam,
Yig`idan ko`z yoshi favvoraginam,
Taqdirim o`nglashga ming bor urinib,
Erisha olmagan bechoraginam.
Gul edim...‎

Men netay, hayotga boqib ulgurmay
Baxtsizman, baxt shamin yoqib ulgurmay.
Qumloqlarga singib quridi qancha
Jilg`alar soy tomon oqib ulgurmay.
Gul edim, gul edim...‎

Dilimdan otilib chiqolmas faryod,
Sir bo`lgan sevgimni qildilar barbod.
Haqli edim sevgan yorim vasliga,
Yetmadim yomonlar dastidan, ming dod!
Gul edim, gul edim...‎

Baxtimni sotdingiz, jon otajonim,
Gunohga botdingiz, jon otajonim.
Hayot ato qilib, so`ng xato qilib,
Qaylarga otdingiz, nomehribonim.
Gul edim, gul edim, gul edim...‎


Мы в Telegram
Ziyoda
Слушать mp3 в хорошем качестве: Ziyoda - Gul edim (Qo’shiq matni, so’zi)
Скачать mp3: Ziyoda - Gul edim (Qo’shiq matni, so’zi)
download: Ziyoda - Gul edim (Qo’shiq matni, so’zi)
Ziyoda - Gul edim (Qo’shiq matni, so’zi) на зайцев нет
Ziyoda - Gul edim (Qo’shiq matni, so’zi) скачать бесплатно mp3
Скачать рингтон для мобильника: Ziyoda - Gul edim (Qo’shiq matni, so’zi)
скачать рингтон: Ziyoda - Gul edim (Qo’shiq matni, so’zi)
Обсудить в чате: Ziyoda - Gul edim (Qo’shiq matni, so’zi)
Лучшие рингтоны для мобильника
Ziyoda - Gul edim (Qo’shiq matni, so’zi) скачать бесплатно