Nilufar Usmonova - Alla (Qo’shiq matni, so’zi)


Onam aytganida shirin allalar,
Murg`ak qalbim ila niyat qilardim,
Jajji qo`limdagi qo`g`irchoqlarga
Xuddi onamdayin mehr berardim.

Erkalatib, bag`rimga bosib,
Jahlim chiqsa koyib berardim.
Uxlamasa qo`g`irchoqlarim,
Onam kabi alla aytardim.

Alla aytay tonggacha,
Uxlang, qo`zochoqlarim.
Egam menga tuhfa qilgan
Mitti ovunchoqlarim.

Alla, alla, alla-yo,
Uxlab qolsin bolajon.
Tushlar ko`rib uyg`onsin,
Shiringina qaqajon.

Voyaga yetib kunlar,
Farzand ko`rmoq istadim.
Uzoq yillar Yaratgandan
Faqat shuni tiladim.

Lek yurakda hech qachon
Alam, armon tuymadim.
Shukur bugun bolalarimga
Ona bo`lib kuyladim.

Bu beshikda yotar Mehran,
Bu beshikda Ibrohim.
Tinglang, allam sizga kuylay,
Ham quyoshim, ham ohim.

Alla aytay tonggacha,
Uxlang, qo`zochoqlarim.
Egam menga tuhfa qilgan
Mitti ovunchoqlarim.

Alla, alla, alla-yo,
Uxlab qolsin bolajon.
Tushlar ko`rib uyg`onsin,
Shiringina qaqajon.

Siz ikkingiz qanotimsiz,
Hayotim osmonida.
Otangiz bizga qalqon,
Sevgimiz dostonida.

Kamolingiz ko`raylik,
Shodon yashang ko`p yillar.
Axir sizlar gullarsiz
Umrimiz bo`stonida.

Bu beshikda yotar Mehran,
Bu beshikda Ibrohim.
Tinglang, allam sizga kuylay,
Ham quyoshim, ham ohim.

Alla aytay tonggacha,
Uxlang, qo`zochoqlarim.
Egam menga tuhfa qilgan
Mitti ovunchoqlarim.

Alla, alla, alla-yo,
Uxlab qolsin bolajon.
Tushlar ko`rib uyg`onsin,
Shiringina qaqajon.

Tushlar ko`rib uyg`onsin,
Shiringina bolajon.

Мы в Telegram
Nilufar Usmonova
Слушать mp3 в хорошем качестве: Nilufar Usmonova - Alla (Qo’shiq matni, so’zi)
Скачать mp3: Nilufar Usmonova - Alla (Qo’shiq matni, so’zi)
download: Nilufar Usmonova - Alla (Qo’shiq matni, so’zi)
Nilufar Usmonova - Alla (Qo’shiq matni, so’zi) на зайцев нет
Nilufar Usmonova - Alla (Qo’shiq matni, so’zi) скачать бесплатно mp3
Скачать рингтон для мобильника: Nilufar Usmonova - Alla (Qo’shiq matni, so’zi)
скачать рингтон: Nilufar Usmonova - Alla (Qo’shiq matni, so’zi)
Обсудить в чате: Nilufar Usmonova - Alla (Qo’shiq matni, so’zi)
Лучшие рингтоны для мобильника
Nilufar Usmonova - Alla (Qo’shiq matni, so’zi) скачать бесплатно