Sherali Jo’rayev - Emas (Qo’shiq matni, so’zi)


Nozaninlar, benavolarga tarahhum aylangiz,
Lutf agar yo`qtur, g`azab birla takallum aylangiz.

Gah buyuk, gah past giryon ko`rsangiz ushshoqni,
Qosh kulmassiz, nihon bori tabassum aylangiz.

Biz fano tuprog`i bo`ldik, dayr aro ey ahli zuhd,
Xonaqoh sahnida siz bahsi taqaddum aylangiz.

Ey mug`anniylar, Navoiy mast edi, kech uyg`onur,
Oni uyg`otmoqqa bir dilkash tarannum aylangiz. (x2)

Sumbulim Layli ochibdur, yel kibi raso emas,
Dog`ini Majnun qonatmish, lolai xumro emas. {x2}

Nastarin ko`zgusidur, bir sori men, bir sori yor,
Chehri aksin ko`rguzur bir yuz guli ra’‎no emas.

Gulni o`xshatqanmikin yorimga go`yo bog` aro,
Yuz pari ko`nglum ichidin bulbuli shaydo emas. {x2}

Sumbul ustidin nasim esgach nigorim durrasi,
Yod qildimki dimog` oshiftadur, shaydo emas.

Gulni sarv uzra xayol ettim ko`ngil bo`stonida,
Rost aytay, sarvi gul ro`yin kibi zebo emas. {x2}

Bo`lmangiz mag`rur, ey shohlar, bu bog` aro,
Siz kabi bulturgi gullardan biri paydo emas.

Menga gul ruxsoriyu, bulbulga gul tutmish qadah,
Mast erur ul ham Navoiydek, vale rasvo emas. {x3}


Мы в Telegram
Sherali Jo’rayev
Слушать mp3 в хорошем качестве: Sherali Jo’rayev - Emas (Qo’shiq matni, so’zi)
Скачать mp3: Sherali Jo’rayev - Emas (Qo’shiq matni, so’zi)
download: Sherali Jo’rayev - Emas (Qo’shiq matni, so’zi)
Sherali Jo’rayev - Emas (Qo’shiq matni, so’zi) на зайцев нет
Sherali Jo’rayev - Emas (Qo’shiq matni, so’zi) скачать бесплатно mp3
Скачать рингтон для мобильника: Sherali Jo’rayev - Emas (Qo’shiq matni, so’zi)
скачать рингтон: Sherali Jo’rayev - Emas (Qo’shiq matni, so’zi)
Обсудить в чате: Sherali Jo’rayev - Emas (Qo’shiq matni, so’zi)
Лучшие рингтоны для мобильника
Sherali Jo’rayev - Emas (Qo’shiq matni, so’zi) скачать бесплатно