Hosila Rahimova - Otam (Qo’shiq matni, so’zi)


Ketmoq uchun kelarkan odam,
Bir zumda ham o`larkan odam. (x2)
Toshlarni darz yormoqda nolam, {x2}
Saratonda sovqotdim, otam-ey,
Sizni qandoq yo`qotdim, otam. (x2)

Yashnab turib, qurisa bog`im,
Yonib turib, o`chsa chirog`im. (x2)
Qanday ketsin {x2} yurakdan dog`im-ey,
Deyman: otam qayon ketdilar,
Derlar: otang ayon ketdilar.

Deyman: otam qayon ketdilar,
Derlar: otang ayon ketdilar.

Armon toshi og`ir tosh ekan,
Sog`inch yoshi achchiq yosh ekan, (x2)
Boqiy baxtga otam bosh ekan,
Otam bizni tashlab ketdilar,
Ko`zimizni yoshlab ketdilar.

Otam bizni tashlab ketdilar,
Ko`zimizni yoshlab ketdilar.

Onajonim mung`ayib qoldi,
Odam g`amdan ulg`ayib qoldi,
Hatto dunyo sog`inchdan toldi-ey,
Mening shunday otam ketdilar,
Mening kunday otam ketdilar.

Yashasangiz bo`lardi axir,
Qaydan keldi shum ajal, baxil?
Yuzlarimda sarg`aydi sabr,
G`am-anduhlar bag`rim tutdilar,
Otam bizni tashlab ketdilar.

Vafo topdi sizdan qanchalar,
Shifo topdi sizdan qanchalar.
Yuragimga nashtar sanchilar,
Ayting, ajal o`qmidi, ota,
Sizga shifo yo`qmidi, ota?

Qiyomatga qoldimi diydor,
Qiyomatdan qandoq xabar bor? (x2)
Ishonganim - bir Parvardigor,
Jannatlardan joy bersin, otam,
Sizni qandoq boy berdim, otam.

Jannatlardan joy bersin, otam,
Sizni qandoq boy berdim, otam. {x2}
Saratonda sovqotdim, otam,
Sizni qandoq yo`qotdim, otam. {x2}


Мы в Telegram
Hosila Rahimova
Слушать mp3 в хорошем качестве: Hosila Rahimova - Otam (Qo’shiq matni, so’zi)
Скачать mp3: Hosila Rahimova - Otam (Qo’shiq matni, so’zi)
download: Hosila Rahimova - Otam (Qo’shiq matni, so’zi)
Hosila Rahimova - Otam (Qo’shiq matni, so’zi) на зайцев нет
Hosila Rahimova - Otam (Qo’shiq matni, so’zi) скачать бесплатно mp3
Скачать рингтон для мобильника: Hosila Rahimova - Otam (Qo’shiq matni, so’zi)
скачать рингтон: Hosila Rahimova - Otam (Qo’shiq matni, so’zi)
Обсудить в чате: Hosila Rahimova - Otam (Qo’shiq matni, so’zi)
Лучшие рингтоны для мобильника
Hosila Rahimova - Otam (Qo’shiq matni, so’zi) скачать бесплатно