Hosila Rahimova - Elim (Qo’shiq matni, so’zi)


Har giyohing jonga malham, tanga davo,
Dil siyohlik ko`rmagandir sendan mavo.
Qizing bo`lib madhingdan bir kuylay navo,
Sen otamdan, sen enamdan qolgan elim,
Xumo qushi bo`lib boshga qo`ngan elim.

Tizzasiga qo`yib gullar yaprog`ini,
Igna qilib qoshlarini, qiyog`ini,
Sog`inchlardan eshib ipak jiyagini,
Sadoqatdan jelak yopgan sanam elim,
Go`ro`g`liga chopon qovgan enam elim.

Elimdan aylanayin-ey, aha-hov,
Elimdan o`rgilayin-ey, aha-ha.
Elimdan aylanayin-ey, aha-hov,
Elimdan o`rgilayin-ey, aha-ha.

Qirlardagi qizg`aldoqday qirmiz beti,
Kichkintoyga qozonida qaynar eti,
Ro`zg`oridan uzilmaydi qatiq-suti,
G`irmidisin sari moyda qizdirgan el,
Nasibasin Xudo o`zi to`ldirgan el.

Qo`rga chiqsa qirqta molning jiligi oz,
Qirga chiqsa, qiyqiradi ming chavandoz.
Tuyani ham ko`targanin ko`rganim rost,
Tog` bag`rida suruv-suruv qo`yli elim,
Uloq bergan, kurash bergan to`yli elim.

Elimdan aylanayin-ey, aha-hov,
Elimdan o`rgilayin-ey, aha-ha.
Iya-aha, aha-aha, aha-hov,
Iya-aha, aha-aha, aha-hov.

Enalari bitta bo`lsin dovkar tuvgan,
Elni degan, erkni degan navkar tuvgan.
O`g`lonlari qatordagi norday turgan,
Sharafshoni jahon bo`lgan ko`kay elim,
Shon-shuhrati doston bo`lgan do`kay elim.

Ezgulikdan urug` sochgan g`allakori,
Tuyog`ini sanamagan chorvadori.
Bugun yurtni obod qildi paxtakori,
Yil boshida go`ja tortgan dehqon elim,
Navro`zlarga sumalagi ehson elim.

Elimdan aylanayin-ey, aha-hov,
Elimdan o`rgilayin-ey, aha-ha.
Iya-aha, aha-aha, aha-hov,
Iya-aha, aha-aha, aha-hov.

Oq kabutar parvozlari dilga xumor,
Niyatingga orzularing bo`ldi tumor.
Bu kunlarni ko`rganlar bor, ko`rmagan bor,
Ko`ngil xushlab, qo`shiq aytar zamon bo`ldi,
O`ynab-kuling, bugun hayot shodmon bo`ldi.

Ko`ngil xushlab, qo`shiq aytar zamon bo`ldi,
O`ynab-kuling, bugun hayot shodmon bo`ldi.

Elimdan aylanayin-ey, aha-hov,
Elimdan o`rgilayin-ey, aha-ha. (x2)
Iya-aha, aha-aha, aha-hov,
Iya-aha, aha-aha, aha-hov. (x2)

Мы в Telegram
Hosila Rahimova
Слушать mp3 в хорошем качестве: Hosila Rahimova - Elim (Qo’shiq matni, so’zi)
Скачать mp3: Hosila Rahimova - Elim (Qo’shiq matni, so’zi)
download: Hosila Rahimova - Elim (Qo’shiq matni, so’zi)
Hosila Rahimova - Elim (Qo’shiq matni, so’zi) на зайцев нет
Hosila Rahimova - Elim (Qo’shiq matni, so’zi) скачать бесплатно mp3
Скачать рингтон для мобильника: Hosila Rahimova - Elim (Qo’shiq matni, so’zi)
скачать рингтон: Hosila Rahimova - Elim (Qo’shiq matni, so’zi)
Обсудить в чате: Hosila Rahimova - Elim (Qo’shiq matni, so’zi)
Лучшие рингтоны для мобильника
Hosila Rahimova - Elim (Qo’shiq matni, so’zi) скачать бесплатно